MUHABBAT JILG`ALARI: O`n uchunchi Palata... O`n uchunchi palata eshigi oldida ko`tarilgan shovqin hammani e`tiborini tortdi. ``Kuyov bo`lmay o`l. Senga gulday qizimni bergandim, umrini hazon qilding!`` Ayol kuyovini ko`ksidan itarar edi. ``Seni hudo ursin - seni hudoga soldim!`` Bosh virach o`rtaga tushmaganda, shallaqi ayol yana qancha bemorlarni oromini buzardi. - Agar shu ablahni yana qizimni oldida ko`rsam seni sudga beraman... Ayol bosh virachga pupisa qilib baqirdi. - Botirjon...! Virachni bir qarashi yigitga kifoya qildi. O`n uchunch palalata eshiga qayta-qayta qarab qo`ygan yigit, lom-mum demay ortiga qaytdi. - Sevmay o`l go`rsuhta... Ortidan nafrat bilan qarab qolgan ayol dung`ulladi... Oradan bir muncha vaqt o`tib. Hamshiralarni dam olish xonasiga bosh hamshira kirib keldi. - Matluba opa virach nima dedi? Shohista sabirsizlik bilan so`radi. - G`aybarov anavi yigitni palataga qo`ymay turinglar deb aytdi, -Matluba og`ir hursinib stulga o`tirdi. - Ayol degani ham shunchalar beyyuz bo`ladimi-aa? Og`ir bosiq Matlubani bunchalar alam bilam kuyingani ko`rgan xonadagi 3, 4 ta hamshiralar, tillariga erk berib muhokama qilishni boshlab yuborishdi. - To`g`ri... Qizi uchun bir tinyn sarf qilmagan onasini aytayotgan gapini qarang opa. Hamma harajatni shu kuyov bolani yelkasida ekan sho`rlik! -dedi kasalik varaqalarini tartibga solayotgan hamshira. - Qachondan buyon yotadi uni ayoli? -deb so`radi kelganiga uncha ko`p bo`lmagan hamshira. - Besh oydan oshdi... - Haa... Bunday bemorlarni davolatishni o`zi bo`ladimi. Dori darmonni narhiyam osonda... - Mana g`ing-ng demay, topib olib kelyabdi-yu baraka topkur... - O`tgan kuni quygan dorilarni narxini eshitib kapalagim uchadi... -dedi, o`n uchunchi palatadagi bemorga masul hamshira. - Ey Dilfuz qo`ysangchi... - bir chekkada turgan. O`rta bo`yli, 35 yoshlardagi. Qiyofasi anchayin jiddiy, hamshira suxbatga qo`shildi. - Boyga jin urarmidi... -dedi zardali ohangda. - Opa yigit sizdan bizdan ortiq, boy emas, - so`zida davom etdi Dilfuza. - Qaynim shu yigit bilan birga ishlardi. Aytishicha uy-joyi mashinalarini sotganmish. Shuncha mol-mulkini nima uchun soatadi? Albatta ayolini davolatish uchunda... - Biror aybi bor-ki, majburlikdan qaraydi Dilfuz sodda bo`lmagin singlim... - Opajon majburlikdan emas... Sevmasa hech bir erkak majburlikdan ham bunchalik g`amho`r bo`la olmaydi. Ayolini hayotga qaytishi gumon bo`lgan bir paytda esa, bilmadim... -dedi Dilfuza bosh chayqab. - Buni muhabbat deb qo`yishibdi! - dedi lablarini qip qizil qilib bo`yab olgan hali turmushga chiqmagan hamshira qiz suhbatga aralashib. - Muhabbat insonni har narsaga qodir qilib qo`yadi, - Dilfuza jilmaydi. - Agar ho`jayinim shu yigitdaqa bo`lganida, poyini ko`zimga to`tiyo qilardim... - Nimasini aytasiz. Meni ham shunday yigit sevganida. Jon deb uni ayoli o`rnida yotgan bo`lardim... Matluba stol ustiga bir shapati urdi. - Xurshida nima deyabsan ahmoq qiz? Yaxshi gap ham yomon gapga ham farishta omin deydi. Tavba qildim dee! Matluba qizlarni hissiyotga berilayotganidan achchiqlandi. - Senam Dilfuza... - Ha... Nima bo`lsa menmi aybdor? - Hadeb g`iybat qilguncha. Borib 11-palatadagi bemoringa qara, isitmasi chiqayotgandi! Senlaram bor, bemorlar uyquga ketmasdan kechki mualajalarini qillaring! - qizlarga buyurdi... Qizlar Matlubadan hafa bo`lishsada, majburyatlarini bajarish uchun xonadan chiqib ketishdi. Matluba boshini changallab, asabi buzulganidan boshida og`riq turganini sezdi. O`ziga-o`zi g`azabno ohongda gapirdi. ``Shallaqini qarg`ashini! Shunday kuyovi boriga shukur qilish o`rniga!`` O`zi ham qiz uzatib kuyovli bo`lganiga ko`p bo`lmagani uchun. Kuyovini urgandan battar qilib haydab chiqargan qaynonani qilgan ishi qattiq tasir qilgandi... Soat yarim tundan oshganida. Shohista xonaga kirdi. - Matluba opa anovi... - Ha... Gapir tez-tez chaynalmasdan! -dedi, bosh og`rig`i tufayli asabiylashayotgan Matluba. - Anavi... Botir aka kelibdi nima qilay? - Hozir o`zim chiqaman! * * * * * Kutish zalida o`tirgan yigit Matlubani ko`rib o`rnidan turdi. - Salom opa. - Vaalayku. Uzur uka bizga gap tegib qoladi. Yigit bo`shashib joyiga o`tirdi. - Bir ilojini yo`qmi? Yigit iltijoli ko`zlarini Matlubaga tikdi. - Mayli... Lekin qizlar aytganda chiqib keting. Qaynonayzni qahriga duchor bo`lmaylik... - yigitni iltimosini rat qilishga vijdoni yo`l bermadi. Yigit minnaddorona bosh qimirlatib qo`ydida, jufti yotgan o`n uchunchi palata tomon shoshib ketdi. Matluba yigitni ortidan angrayib qolgan hamshira qiz Shohistani sal turtib qo`ydi. - Ha opa... - U yigitni o`z egasi bor... - Kim ekan egasi? - O`n uchunchi palatada yotibdi. - Nega menga buni aytyabsiz? - Men qizlarni ko`ziga bir qarab, qalbida nima kechayotganini bilib olaman... - Yo`q unday emas, -dedi Shohista gap nima haqida ketayotganini tushunib. - Unda qanday? - Shunchaki... Rafiqasini hayoti uchun kurashayotgan, bu insonga hurmatim kundan kun oshmoqda... -dedi sir boy bermaslik uchun. - Haqiqiy erkak ayolini ezozlashi kerak. Labzi halol deb shunday yigitlarga aytishadi. Hozurda haqiqiy yigit nomiga loyiqlar kamayib ketyabdi, - Matluba hursindi. - Afsuski bazi vijdonsizlar bu yigitni qadriga yetishmayabdi... - Qaynonasini aytyabsizmi? - Ha... - Matluba Shohistani ohista yelkasini siladi. - Anchadan buyon birgamiz. A`qlli hushli qizsan. Qachondur senam turmushga chiqasan. Sabrli, vafodor insonlarga hamma hurmat bilan qaraydi. Senam sabirli bo`lsang, ertami-kechmi senga ham munosib yigit uchraydi. Hozir e`tiboringni ishinga qarat, hissiyotga berilmagin... - Sizni tushuna olmayabman! - Juda yaxshi tushunyabsan.. Ko`zlar qalb ko`zgusi. Qancha yashirma baribir ko`zlaring oshkor qilib qo`yadi. Yigitni yoqtirib qolganingni allaqachon fahmlaganman... - Eeee opa... - Eee deysan-a! Qani endi bor, qizlarni chaqir. Bemorlardan yana bir xabar olilar. Keyin navbatma-navbat dam olvolilar... -dedi Matluba shogirtini o`zi to`g`ri deb bilgan yo`l bilan to`g`ri yo`lni ko`rsatib. Bu vaqtda yigit o`n uchunchi palatga kirib bo`lgandi. Palata kichikroq, lekin yorug` va shinam. Bir maromda ishlayotgan aparatning ovozi mudom yangrab turibdi. Kiravatga yaqinlashgan yigit ohista lablarini juftining peshonasiga tekkazdi. - Salom Dilbar. Ish bilan bo`lib kela olmadim, jonim. -beyhush yotgan yoriga umid bilan boqdi, uning harakatsiz qo`llarini ushlab, yuziga bosdi... Oradan ikki soatlar vaqt o`tib. Shifoxonada ishlay boshlaganiga uncha ko`p vaqt bo`lmagan xamshira Nilufar dam olish xonasiga kirdi. Stulda o`tirib daftar varoqlayotgan Matlubani cho`chitib yubordi. - Bir kun, senlar yuragimni tushib qo`yasanlar. Eshikni seknroq ochsang, biror yering kamayib qoladimi? - Uzur... -deb Matlubaga yaqinroq kelib. - Opa anovi yigitni esi joyidami? - Tinchlikmi? -havotirlanib o`rnidan qo`zg`oldi Matluba. - Tog`arachada iliq suv so`ragandi. Birozdan keyin qarasan,