MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... Avvalgi I - II - III - IV - V - VI - VII - VIII - Qismlar... IX - Qism... Muhabbatning eng totli lahzasi bu sog`inch hissi va uning diydor oni bo`lsa kerak. Ayni damda yorimni quchib, bag`rimda, nafasimla erkalab turibmanu, lekin uni sog`inaman, sog`inch hissini bosa olmayman. Shunday tuyg`u ham bo`lar ekan! Yuraglarimiz har duburida o`zora shivirlashayotgandek, biz esa ularga halal bermaslik uchun jimgina nafasimizni ichimizga yutamiz. Oniy lahzalar shunchalar, shirin va rohatbaxsh o`tadiki tariflamoq uchun so`zlar yetmaydi. Bu betakror tuyg`ularni his etish, ko`ngilda allanechuk sarxushlik uyg`otadi. ``Jonim, Madinam!`` Shivirlagancha og`ushimda erkalayman. Qani edi, yana biroz tursak, lekin vaqtida hislarni tizginlamaslik, oshiqlar boshiga turfa savdolar solganini ko`p bor eshitganmiz. - Men borishim kerak... -deya, undan izin so`rayman. - Ho`p mayli. Halizamon dugonam keladi... -deydi, qo`yib yuborishga shoshilmay. Biz asta ajralishdik. U endi ko`zlarimga tik qarolmay nigohlarini yashiradi. Uni betoqat qilmaslik uchun, o`zimni majburlab eshik tomon yuraman. - Ertagacha... - Ertagacha, Madinam... Hislarim eshikdan o`tishga qo`ymaydi, a`qlim ketishim tarafdori. Yaxshiyam oyoqlarimni a`qlim boshqaradi. * * * Yotog`imiza go`yo bulutlarda suzib keldim. Kirganimda Sarvar jag`ini ushlagancha kitob varoqlab o`tirardi. - Gumma qani? -dedi qo`lim qurug`ligini ko`rib. - Gumma yo`q. - Yeb keldingmi nafsinga? - achchiq qilib kitobini yopdi, - Yaramas, odammasakansanu? - Hey inson, o`zim ham hech nima yemadim... - Qulog`ing og`zingda-ku? - O`zi shundoq... -deya kiravatimga cho`zildim. - Eeey... Sarvar aka, bilsayz edi, bu dunyoda taomdanda shirinroq narsalar borligini. - Nima ekan? - astoydil, o`tirib oldi, - Nima yeding? -dedi, ishtaxa bilan yutunib qo`yarkan. - Diydor... - Sani toming joyidamas... O`rnidan turdiyu, kitobini qo`lida o`ynatib eshik tomon yurdi. - Ha, Sarvar aka?! - Menam bir aylanib kelay... - Asalizi oldigami? - Sen bilan gaplashib to`zin topmiman, menga o`sha Asalim tuzukroq... ``Demak darslarimni tayorlab olish vaqtim keldi...`` Sarvar kitobni ovozini chiqarib o`qiydi. Menga esa aksincha, tinchlikni maqulroq. Shuni uchun u yo`qligida darlarimni tayorlab olishga odatlanganman. Sarvar o`zi martd zo`r inson, ozgina to`pori, qo`polligini inobatga olmasa. Birga shu xonani ijaraga olgan vaqtimiz, qo`shni qiz Asal bilan tanishib qolgan edi. Eri o`zbek, xotini rus millatiga mansub qo`shnilarimizni, do`mboqqina, yoqimtoy, shadgina qizi bor ekan. Sarvar ikkisida ham ozginadan devonalik borligi sababmi, bir-biriga juda maqul tushib qoldi. Karidorda soatlab suhbatlar qurib charchamaydilar. Sarvar chiqib ketdi. Xona uzra yoyilgan jimlikdan foydalanib, darslarni tayorlashga kirishdim. Bilmadim qancha vaqt o`tdi, kitobdan boshimni ko`tardim. ``Hudoga shukur, nasib qilsa ertaga besh baxo cho`ntakda!`` Kiravatga cho`zildim. Shom quyoshi, derazamizdan mo`ralab xonamizni qizg`ich yog`dulariga to`ldirdi. Qalbimga nurli hissiyotlar quyula boshladi. O`z-o`zidan yuragim jo`shib, yuzimni tabassum egalladi. Qo`shiq tinglab, hirgoya qilgim kelib ketdi. ``Qani edi, radio bo`lganda!`` Yodimga tushdi, telefonda ham radio borligi. Shosha-pisha naushnikni uladim va sevimli to`lqinlarimni izladim. Birdan hafsalam tushib ketadi. To`lqinni topolmaganimdan emas, yoqimli hotiralar yana jonlanib, sirli qizni qumsab ketganim sabab. ``Eeee attang... Nega telefoning bormi deya so`ramadim?!`` Madinadan no`merini so`rash hayolimga kelmagani, alam qiladi. Attang qilib peshonamga urib qo`ydim. Betoqat o`rnimdan turib, yura boshladim. Hademay qosh qorayadi. ``Qani endi tezroq erta kelsaydi!`` Deraza qarshisida turgancha, ertangi kunmni tasovur qilaman. Xona urza sokinlik hukmron. Sokinlikka quloq tutaman, turli tovushlar qulog`imga chalinadi. Manashu tovushlar ichidan, Madinamni dilkash ovozini tinglash umidida izlayman. Beyxos karidordan, qah-qah urayotgan yigit-qiz ovozi hayolimni buzdi. Sal o`tib kulgu o`rnini shivir-shivir ovozlar, hiring-hiringlar bosdi. Rosti bunday shovqinda hoyol surolmaganimdan, asabim buzib ketdi. Zarda bilan eshikni ochib tashqariga chiqdim. - Heee, akam. Kechki ovqatni qilmaymizmi, qorin ochib kettiku?! Suhbatlarini buzganim uchun, Asal humrab qo`ydida, araz qilgandek nari ketdi. Sarvar men tomonga yurarkan, ``Suhbatti betiga tepding!`` deganday bosh chayqardi. Eshik yoniga kelganda, to`xtab Asalga, qandaydur qiliqlar qildi. Uyoqdan esa, qizni qah-qahi eshitildi. Jimgina stolga belimni tirab, ularni zavqlanib kuzatdim. - Ayni qiziq joyda bezovta qilding... -eshikni yoparkan opkaladi, - Asalimni hafa qilding... - Sarvar aka, o`yin qilib tobora chuqurlashib ketmayabsizmi?.. Bu ketishda Asalxonni boshini aylantirib qo`ysiz. Ertaga Nadya hola tomog`izdan olmasin ``Kuyovim bo`lib qolasan!`` deb, o`ylab ko`ring yana... - Haya!!! - boshini qarashlab qo`ydi, - Nima ovqat qilamiz? - Bilmadim... - yelka qisdim, - Povur sizku? - Yana menmi?! - Menam bekor turmiman, xonani tozalayman... Boshida har bir ishni navbat bilan qilishga kelishib olgan edik. Lekin tuxum qaynashishdan boshqa ovqatni eplay olmas ekanman. Sarvar esa, tug`ma oshpaz suv tuz sepib qaynatsayam mazali bo`ladi. Biroq u kunda ovqatni pishirgani uchun, mendan ham, har kuni xona tozalashimni, idish tovoqni haftada uch kun yuvishni talab qilardi. Aslida shunday bo`lgani ham adolatdan. Boshida pollatta ko`tish, xona tozalab, deraza artish erish tuyulardi. Lekin bora-bor o`z ishimni ustasi bo`lib ketdim. Har qalay og`il bola bo`lsakham, xonamiz uncha-buncha qizbolani xonasidan ozoda va sarishtali... Xonamizda ikkita kiravat, bitta stol, ikki kursi, bitta shikaf, Saratov deb nomlanga muzlatgich va yarim soatdan so`ng ekrani yorishadigan Jinlipu degan telvizirimiz bor. Ha, yana ikki sohibjamol ayol ham. Ishva bil boqayotgan Rayhonayu, nazlanib turgan Lolaxonni suratlari, devorimizni bezagan... Xona toza bo`lsada, baribir