MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... Avvalgi I - II - III - IV - V - VI - VII - Qismlar... VIII - Qism... Uyga bir ahvolda qaytib kirdim. Huddi bu gaplarni barchasi hazilga o`xshaydi. Hech anovi ayolni aytgan so`zlarini hazim qilolmayman. Suvga qarab, tomarqa boshida, o`yga tolib turgan edim. Yangam shoshib suv bosmasdan avval, osh ko`k tergani tomorqaga oraladilar. Suv bosmasdan tezroq, terishib yuboray degan hayolda yonlariga bordi. - Yanga Sadir aka olamdan o`tib qolibdi, - opkalagan bo`ldim, - Bir og`iz aytmabsizlar! Hozir bilmasdan chaqirib kiribman... - Siz eshitgansiz debmiz! - Qayoqda... Hozir noqulay ahvolda qoldim... - Bilmabmiz, ukajon. - Soppa-sog` odam edi-ku, rahmatli? - Bizam aniq bilmaymiz. Aytishlaricha ko`mir elab qo`yibdi! Tushungan bo`lsam, Sadir aka rahmatli ko`mir isiga dimiqib qolgan. - Uyidaya? - Yo`q... Safarda ekan, jasadini o`sha yerdan opkelib qo`yishdi... - Aaaa! Anavi uyida bir ayol yuribdi, bolasi ham bor... Ha rahmatlini ``dadamni`` degan bo`ldi?! - U xotini! - Xotini? Aaaa, haligi shaharli kelinchi? - O`lganni ortidan yomonlash gunohku, lekin u insofsizni boshqa oylasi, bolasi ham bor ekan. Madina kelin ikkinchi xotin ekanligini bilib qolgach ketib qoldi... Bilmadim balkim o`sha kelinni baxtsiz qilgani uchunmi, bu ko`rguliklar!!! Madina kelin ketib qolgach, ko`p o`tmay bu voqealar bo`lib ketdi... - Ajrashib ketishganmidi? - Menimcha shunday! Sadir akani o`limidan, ko`nglim buzuldi. Madinani esa ketib qolganidan hafa bo`lishni ham hursand bo`lishni ham bilmayman. Lekin bir nasa aniq, men uni doyim qalbimda saqlayman. Siniq hotiralarimda qolgan, barcha suratlar qalbimning eng aziz yerida asrayman. Yana qachondur uni uchratsam, albatta undan uzur so`rayman, sevgi olovuda kuydurganim uchun. Yana rahmat ham aytaman, qalb eshigimni qoqqan, yagonam bo`lgani uchun... * * * Tushda yaqin meni mashinamni minib akam kirib keldi. - Askar... - Labbay aka! - Qalay? - Zo`r... -dedim, mashimanni taniyolmay. - Nima qildiz buni? Qoyil lekin... O`rindiqlar o`zgartirilgan, salon bezatilgan... Huulas qo`g`irchaqdek. - Aka endi bunda qanaqa qilib yuk tashiman? - Yuk ortib, xor qilib nima qilamiz? Bu toychog`ing endi, bordi keldiga hizmat qiladi. O`zim nimib yuraman... - Unda menga yangisidan olarkanmizda? - Aaaa! Bu masalani keyin gaplashamiz. Hozir sen manbu, go`shni olginda marenatlab qo`y, abetga bir askarni qo`lidan kabob yeylik... - Ho`p... Akamni qo`lidagi, qora paketga solingan go`shni oldimda ishga kirishdim. Bu orada to`g`onni berkitib kelishga ulgurdim. So`ng tayyor bo`lgan go`shni siqqa qadadim, ko`mir yoqib kuraga soldim. Kavobni ishtaxani qitiqlovchi isi atrofga yoyildi. - Yashavor askar! Akalarim birin-birin yonimga kelishdi. Biri piyoz artishga, ikkinchi achchiq-chuchuk qilishga kirishdi. - Qo`ying yig`laman aka? -katta akam piyozni achchig`idan, ko`zyosh to`kayotganini ko`rib, hazillashib kuldim: - Hammani boshida bor... - Shunaqa degin? -ishina tashladiyu, qo`limga pichoqni tutqazdi, - To`rg`a... -deya, buyurdiyu o`zi kartondan yasalgan yelpig`ichni olib kavob pishirishga o`tib oldi. - Biz oddi askar bo`lsak, kamanderlar nima desa shuda... Yolg`ondan jahil qilgandek, piyoz to`rg`ashga kirishdim. - Ho`sh askar endi nima qilasan? Bu safar akamning so`zlari ma`nosini tushundim. - Niyatlar oliy aka... Hudo xolasa o`qiyman... Hizmat vaqtida legota oldim. Biror yil, yaxshi repititirda tayorlansan, nasib qo`shsa kirib ketaman... - Inshaolloh... -dedi, kichik akam yelkamga qoqib, - Biz akam bilan o`qimoqchi edik. Afsus bizda imkon bo`lmadi... Mundoq qilamiz, ertadan repititir topamiz, tayorganlikni boshlaysan. Agar sen astoydil harakat qilsang, qo`lingni sovuq suvga urdurmayman. Hamma sharoyitni yaratib beramiz... - Bo`ldi aka roziman... Akamlarni ishonchidan yanada shijoatim, oshdi. * * * Yaxshi niyatda qilingan, harakatlar zoye ketmas ekan. Oyim, akalarimni yuzini yorug` qilib, talabalik minbariga ko`tarildim. Elonlar taxtasida inistutuga, kirgan talabalar qatorida ism, familyanni o`qidimu, akamga qo`ng`iroq qildim. - ``Akaaa! Tabriklang, kamina endi talaba...`` - ``Barakalla...`` - ``Aka, lekin kantirak...`` - ``Muhumi kirdingmi?`` - ``Ha...`` - ``Qolganini g`amini yema...`` Kantirak bo`lsada, muhumi endi talabaman. Oldimda ulkan maqsadlarim bor. * * * Inistitut yotoqxonasida o`rin qolmagani uchun, inistitut yaqinroq yerdan ijaraga bir xonalik joy topdik. Qo`shni qishloqlik bir kursdoshim bilan birga yaxshib, o`sha yerdan qatnab o`qiy boshladik. * * * Ikki bosqichga o`qiyotgan edik. Negadur ohirgi haftalarda asdoydil, o`qisam ham miyamga hech balo kirmay qoldi. Inistitutdan asabim buzulib qaytdim. Kelsam honadoshim, o`rinda cho`zilib yotibdi. - Sarvar aka, turing bir shahar aylanib kelamiz! (Honadoshim, mendan uch yoshga katta.) - Qo`ysangchi! - Yuring havo alishtirib, gumma yeb kelamiz... - Tinch qo`ygin ukam, o`zi tishim og`rib nima qilarni bilmay yotibman... Menga tegama, bir tiniqib uhlab olay... - Mayli akam, siz nima desayz shu... -usti boshimni alishtirdim. - Men bir daydib kelay, rezumiyimni tozalab, to`lib ketganidan hech nimani qabul qilmayabdi... - Ketaqo... Lekin gummadan mengayab olib, kel... - Gummadan ham yaxshi narsa opkelaman... Ko`chaga chiqiboq o`yga toldim: ``Ko`ngil yozish uchun, qayoqqa borsam ekan? Haaa, birinchi yo`liqqan mashina qayoqqa yursa o`sha tomonga boraveraman!`` Birinchi ko`zim tushgan yuk mashina chap tomonga ketdi. ``Demak chap tomonga yuraman. Aytgandek bu tomonda kabob sotishardi!`` ishtaha bilan qimtinib qo`ydim, ``Lekin talabaga gumma ham bo`laveradi! Gummani esa o`ng tomonda sotishar edi!`` O`z qarorimni tejamkorlik sabab o`zgartirdimu, o`ng tomonga yo`l oldim. ``Hamma narsa ham o`ndan bo`lgan yaxshi!`` deb o`zimga taskin ham berib qo`ydim. Soy yoqasidagi, tanish gumma sotuvchi ayol. Yaqinlashganimni ko`rib, darov izzat ko`rsatdi. - Kelin... - Qaynog`idan, bering... - Kelin ozroq o`tiraturing, hozir yog`ni dog`lab olayin... Kursiga o`tirdim, ayolni hushmomilasidan ko`nglim