MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... Avvalgi <a href="http://uzbxxx.in/go.php?url=http%3A%2F%2Ferouy.ru%2Flibrary%2Findex.php%3Fid%3D240600%26like%3D1">I -</a><a href="http://uzbxxx.in/go.php?url=http%3A%2F%2Ferouy.ru%2Flibrary%2Findex.php%3Fid%3D240678%26like%3D1">II -</a> Qismlar... III - Qism... Ha to`g`ri topibman! Hoynahoy Fotima. Qiz tushmagur yuqori sinflarga o`tib jon kirib, sevgi, muhabbat haqida o`ylay boshladi shekili. Biroz yurganimdan so`ng boyagi yashrin no`mer yana qo`ng`iroq qildi. - ``Meni akamni qayoqdan taniysiz?`` - ``Menga odobli qizlar yoqadi. Tunda bollarga qo`ng`iroq qiladigan qizlarni yon ko`raman!`` -dedim. Fotima chindan meni yaxship ko`rib qolib qo`ng`iroq qilayotgan bo`lsa, bu gapimdan so`ng esini yig`ib oladi deb o`yladim. - ``O`zizda to`rtta ekan-u, yana odobli qiz haqida gapirishizga o`laymi! Babnik!`` -dedi, battar haqorat qilib. ``Babnik, babnik!`` deyishidan yana ikkilanib qoldim. Egizaklar men bilan tortinmay gaplashaveradi. Lekin to`g`ridan-to`g`i xotinboz deya olishmas! - ``Siz meni akamni taniysizmi?`` - ``Agar akangni ismi Dilbek bo`lsa, taniyman...`` - ``Hudoga shukur...`` -dedi. O`ylashimcha chindan qovun tushurdim. - ``Seni tanimadim yaxshi qiz, kimsan o`zi?`` -dedim. - ``Siz birla suhbat qurmoqlikni ihtiyor aylagan bir sohibjamol!`` Obbo, sohibjomol kitobiy qilib oldi-ku! - ``Tavba, tavba!`` - ``Nega tavba qilursiz?`` - ``Bizlar gunohkorlar, tavba qilmoq, ohiratin o`ylag`an bandaga hosdir!`` -dedim. O`zimcha ohiratni eslatib, tunda ko`ngli begona yigit bilan suxbat qilishni istagan, notanish qizni insofga chaqirmoqchi bo`ldim. Nazarim nishonni aniq oldim, uni o`chdi. Lekin telefonni o`chirmadi. Men ham qizil tugmani bosmadim. Uyga yetib kelgandim, darvozani tiqirlatmasdan xovliga kirdim. Ayvon yoniga bordimda, past ovozda oyimni chaqirdim. - Oyi keldim... - Soat necha bo`ldi? - Ha, palon bo`libdi... -dedim. - Sayoq o`g`lim, yonimga kelingchi! - Oyi juda charchadim. Erta ishga boraman... -dedim, ichib olganim uchun oyimga bildirib qo`yishdan qo`rqib. - Mayli, ertalab bo`laversinchi!.. -dedilar birozgina jahallari chiqib. - Yaxshi dam oling... Oyimga hayrli tun tilab shundoq ortimga o`g`rilsam ostonada, jiyanim uyqusiragancha tuvakda o`ltiribdi. Tepasida yangam bosh chayqab qarab turubdi. Yangam hushyor ichganimni darov bilib qoldilar. - Iltimos akamga aytmen. Bir bo`libqoldida! - Ho`p, faqat shu safar... Xonamga kirdim, qarasam telefondagi notanish qiz hamon a`loqada. - ``A`loo, sohibjamol shuyerdamisan?`` - ``Yonizdaman!`` - ``Nega ovzlariz chaqmay, gun bo`lib qoldingiz sohibjamol?`` - ``Ustimdan kulmang!`` - ``Kulmayabman... Kulayotgan o`zingku!`` Oraga ozgina skunat cho`kdi. So`ng ovozida qaltiroq turib ingillab gapirdi. - ``Gunohim siz bilan suxbatlashishni istaganimmi?`` Telefondagi ovozidan, yig`lab yuborgani angladim. - ``Yig`layabsanmi, sohibjamol?`` - ``Himm!`` - ``G`alati qiz ekansanu! Tavba namuncha ko`ng`ling bo`sh bo`lmasa?`` - ``O`zi shunaqa!`` -dedida uvvillab yig`lashda davom etdi. - ``Sog`lig`ing joyidami, telba qiz?`` U javob qaytarmay yig`layverdi. Orada bir, ikki daqiqa yig`lab oldi. Men esa jim eshitib yotaverdim. - ``A`looooo uxlab qolmadizmi?`` -dedi yumshoq ohangda. - ``Sen surnaychi uyqu bermayabsanku, qanday uhlayin notanish qiz!`` - ``Ho`p unda yaxshi dam oling!`` - ``Yo`q to`xta, kimliging ayt kimsan o`zi?`` - ``O`ziz o`ylab ko`ring! Men borishim kerak!`` - ``Qiynamasdan, o`zing aytaqolgin...`` - ``Yo`o`o`! Bu sir bo`laqosin!`` - ``Sir bo`sa, sirda!`` - ``Hayrli tun yaxshi tushlar ko`ring!`` - ``Senga ham hayli tun, notanish qiz!`` - ``Ertaga 22:00 qo`ng`iroq qilaman!`` - ``Hey!`` -degancha qoldim, telefon o`chdi. Qani endi notanish qiz, haqida o`ylamasam edi! Kim u o`zi? Ismimni qaydan biladi? Nega menga qo`ng`iroq qilib qoldi? Nega yig`ladi? O`ylab o`yimga yetolmay uxlab qolibman. Ertasiga ham, kun botgunga qadar, o`sha notanish qiz haqida o`ylab yurdim. Yuzlab tahminlarga bordim, biroq aniq javob topolmadim. Ishimdaku vaqtim bir amallab o`tgandi, uyga qaytgach go`yo soat yurmay qoldi. Bir necha soat bemani seryallarni ko`rib o`tirdim. Ko`chaga oyim chiqardagi, kecha kech qaytganimni jazosiga. Ilojsiz oyim bilan biroz suhbatlashib, telvezir ko`rdik. Qarasam soat 22:00 yaqinlashib qolibdi. Oyimga hayrli tun tilab xonaga kirib ketdim. Kiravatda yotgancha, telefon ekranida ko`rsatib turgan soatdan ko`zimni uzmadim. Har sonyada o`chib yonayotgan nuqtani sanar edim. 22:58 telefon qaltirab ketdi. Ekranda raqamlar ko`rinmayabdi. Ko`k tugmani bosib asta qulog`imga qo`ydim. Yoqimli skunat, notanish qizning hayajonga to`la nafasini shundoq sezib turardim. Bir necha sonyalik skunatdan so`ng uning ovozi eshitildi: - ``Assalomu alaykum!`` - ``Va`alykum assalom, notanish sohibjamol!`` U bilan muloyim gaplashib, kimligini aniqlab olishni niyat qildim. Huddi yaqin tanishimde, sog`lig`i, ishlari, o`qishlarigacha so`rab, quyuq salomlashdim. - ``Meni sog`inib qolmadizmi?`` -deya kuldi. - ``Sog`indim, kun bo`yi seni o`yladim. Qachon kech bo`ladi, suhbatimga ofishta sohibjamol telefon qiladi deb kutdim!`` - ``Vooy o`ldirdizku!`` -deb kuldi. - ``Hayryat bugun yig`lashmasdan, kulishar ekanmizda?`` - ``Himm...`` -uning shu tastiqi negadur, og`ir botdi, - ``Bu sizga bog`liq!`` -dedi. - ``Albatta menga bog`liqda. Ahir seni kimligingni bilmay gaplashyabman, ahmoqqa o`xshab!`` Notanish qiz yana jim bo`lib qoldi. - ``Kul, mazza qilib kulib ol!`` Uning skut saqlashidan jahlim chiqib ketdi. Sharta qizil tugmani bosib qo`ydim. Onasini emsin kim bo`sayam! Gaplashayotgan insoning seni tanisayu, o`zini tanitmasa. Bilib bo`ladimi aslida kim bo`lishi mumkun, balki suxbatimizni yozib olayotgandur! Erta birkun qarshimdan chiqib ustimdan kulsachi? Shularni o`ylaganim sayin jahlim baqqat o`t olib ketaverdi. Telefonning ovozini o`chirib, quvvatlagichga uladim. Uxlab olgunincha o`n daqiqa vaqt o`tdi, shu orada telefon ikki marotaba varaja tutgandek qaltiradi. Shu bilan uhlab qolibman. Erta turib, telefonga qaradim, uchta chaqruv, ikkita SMS kelibdi. Qiziqib SMS larni ochib o`qidam. Birida: nega jahlim chiqqanini so`rabdi. Ikkinchisida: kechrim so`rab, telefonni ko`tarishimni iltimos qilibdi. Ayol dunyosi murakkab bular ekan. Huddi bokira tog` tabiyatiga o`xshaydi. Goh atrofni tuman qoplasa, goh quyoshli bo`ladi. Shamoli qayoqdan esadiyu, qachon yomg`ir yog`adi bari kutulmaganda ro`y beradi. Yaqinlashaman desang qochadi, qochsang yaqinlashmoqni istaydi. * * * Do`stlarim bilan kechki salqinda muzqaymoq yeb futbol ko`rib o`ltirgan edik. Telefonim jiringladi, qarasam yana o`sha notanish qiz. Holiroq joyga o`tib oldim. - ``Assalom a`laykum!`` - ``Va`alykum assalom!`` - ``Kecha qanday ayib ish qildim! Nega jahliz chiqib ketdi o`zi?`` - ``O`zing