MUHABBAT JILG`ALARI: Yo`lchi YULDUZIM... SHAROF: - Sabirsizlik bilan matorli arrani sivichasini alishtirayotgan hamkasbim Murodni yoniga bordim: - Nima bo`ldi tuzuldimi? - Mana hozir... -o`t oldirg`ichni joydaliyu, - Ey hudoyim sharmada qilma! -deb ipini tortdi, mator ishlab ketdi. - Barakalla ukajon! -Murodni yelkasiga qoqdim, - Endi tezlatvorgin... O`lti oydir-ki, mana shu Plaramada (Taxta tilish sexi) da ishlayman. Poy teshada (Teshani kattasi yuzasi g`isht kattaligiday, dastasi ketmon sopnikiday tesha. Bazi joylarda Usta tesha, Bobo tesha ham deyishadi.) Tesha urushga uquvim borligi uchun aksaryat vaqtda, to`sin chopaman. Sexga keladigan homoshyo yani daraxt g`o`lalari juda ulkan ikki quloch ham yetmaydigan yug`onlikdagi chinorlar, yong`oq daraxtlari keladi. Bazilari arraga to`g`ri kelmagani sabab, chopishga to`g`ri keladi. Paraxani osonroq ko`chirib olish uchun, har qarichiga arra solib olamiz. Hullas bugungi ishni ham deyarli ohirlatib qo`ygandik. Chopish ham oson ish emas yelka mushaklariga haddan ziyod kuch keladi. Tosh ko`taruvchilarnikiday ishib og`riq beradi. Biroz dam olgani soya-salqinga o`ltirdik. O`ltirib o`yga cho`mdim, qilayotgan ishimiz qanchada tug`aydi, qalgan yumushlarni qachan tug`ataman. Erta saharda ishga chiqayotganimda ayolim, bir dasta pulni cho`ntagimga solarkan: ``Dadasi bugun qiziyzni tug`ulgan kuniga uydagilarni astgansiz. Baliq olib kelsayz, qiziz ham necha kundan buyon dadam baliq pishrib berishadi deb yurgandi!`` -deb ishga kuzatib qo`ygandi. Hayolim ayolimga ketib, Murodni ovozini eshitmay qolibman. Yelkamdan turtdi. - Ho`o`o` birat hayoliz qatta? - Shetta... Ha nima diysan? - Siz bilan ishlagan odam zerkib ketadiyuu! Namalarni o`ylanaverasiz? -dedi noliganday. - Ha... Endi Murotjon ukam zerikmasin deb o`yin tushub beraymi? Xoxolab kulvordi. - Vaaay aka... Namuncha jiddiy bo`lmasez-aaa? - Uylansen senam jiddiy bo`pqolasan! - yelkasiga qo`ltashlab bo`ynini qisdim, - Miya o`ylash uchun kerakda uka... Undam ko`ra sen menga ayt ukam qattan tirik baliq sotvolsam bo`ladi? - Daryodanda! - Daryoga borib pulimni tashlasam baliqlar o`zi chiqadimi? -ko`rsatkich barmog`imni chakkasiga niqtadim, - Sotvosam deb so`rayabman... - Hee-hee... Mot qildiz birat... -o`z ustidan kulganday yana qax-qax urdi. - Sotvosam dediz-aaa! Ha aytaman lekin siz baliqni nima qilasiz? - Kuchikcham yo`q darvoza oldiga bog`lab qo`yaman nimaydi!.. - Zerikarlisiz deb tana qilganiga, o`zimni hazilkash bo`lishga urundim. - Qiziqyabsanmi? - Ha.. Shunaqa qiziquvchanman! -dedi so`zida davom etarkan, maqtanchoqlik bilan. O`zini baliq pishirish uslubini aytib berdi. - Bugun qizimni tug`ulgan kuni. Uyga mehmonlar chaqirganmiz. Qizim kenayinga ``Qijil baliq yegim kelyabdi!`` debdi shunga tug`ulgan kuniga o`z qo`lim bilan taom qilib bermoqchiman. - Vooy-eeaa! Birat Qijil baliq qanaqa bo`larkan, qanday tayorlanadi? - rostan har baloga qiziquvchan bola, o`rnidan turib ham oldi, - Bo`ling ayting endi o`rganib olay qiziqtirdiz! - Bo`pti aytaman... Iloji bo`lsa yozvol! -dedim hazil qilib, keyin menam o`z uslubim bilan maqtangim keldi - Qijil baliqni tayorlash uchun avval, 2, 3 kg.li yog`lli semiz baliq olasan. Oq baliq yaxshi bo`ladi. Baliqni belidan ikkiga yorib tozalaysan va bir necha daqiqaga zirovarlab qo`yasan. Keyin esa pamidor, sarimsoq piyoz (chisnok), bulg`or qalampiri (balgariski), piyozni va bitta lemonni olasan, shularni hammasini maydalab, ziravorlar qo`shib tovoda qovurib, sovus tayorlab olasan. Keyin gulxan yoqib cho`qini tushirasan, atrofiga g`isht qo`yib qo`lbola ko`ra tayorlaysan. So`ng mahsus sekaga baliqni yoyib joylaysan, avval baliqni ichki tomonini o`n daqiqa atrofida qizartirib pishirib olasan. Keyin orqa tomonini ag`darasan shunda tayorlagan sovusingni yarim sm qalinlikda bliqni ichki tomoniga quyasan. Endi baliqni orqa tomoni cho`q ustida 5, 6 daqiqa ushlab turasan, baliq ichidagi sovus biqir-biqir qila boshlaydi.... Shu topda atrofda uning hushbo`y hidi taraladi. Qarabsanki tayyor. -qarasam Murod labini yalab qo`ydi, - Ohh, ukajon sel bo`lib pishgan baliq go`shti ichiga, sovus tami qo`shilib, baliq hidini yo`qotadi va hushtam mazza kiritadi... Ukam ana buni ``Qijil baliq!`` deyishadi. Aslida ``Qijil baliq!`` degan nomni qizimi o`zi qo`ygan. Manimcha bu suvus rangidan kelib chiqib ``QIZIL BALIQ!`` degani bo`lsa kerak, qalay?... - Bay... Bay... Bay... Akajon ishtaxani ochvordizu immm... Men ham uydagilarga pishrib beraman. Anovi mahsus setkayzni berib turing... - Namuncha shoshasan? -yelkasiga bir qoqdim, - Avval baliqni qattan olishimni ayt! - Yo`l bo`yida baliq pishiradigan joy bor. Oshpaz meni o`rtog`im har kuni yangi baliq olib kelishadi. So`rasayz yo`q demaydi... - Berarmikin? - Hozir telifon qilamiz-da! - Murod o`rtog`iga telifon qilib bir necha daqiqa gaplashdi. - Bo`ldi aka beradi, olgan pulini berasiz bo`ldi... Murot ishimni hal qilib berganidan ancha yengil tortib, endi o`rnimdan qo`zg`algandim, qorovilni xanasi yonida turgan siyohrang BMWga ko`zim tushdi. Tezda ko`zim javdirab mashina egasini qidirdim. Kichik sitanoklar joylashgan xona eshigi yonida, ko`rib yurgaim uvushdi... ``Yaramas!`` Ustani yonida turib qo`li bilan meni ko`rsatardi. Shu topda Murod tezroq ishni tugatib qo`yishimizga undadi. Meni ko`zim usta va anovi ablah tomonda. Ishdan haydalishimni o`ylab, qo`lim ishga ham bormay ishtiyoqim tushib ketdi. Shunga qaramay ishlarni tugatdik. Yuvunib taranib uyga ketishdan avval usta yonimizga keldilar. - Barakalla yigitlar bugun ...kuba tahta chiqardilar. Mana bugungi ish haqlaring... 5, 6 kishi edik, usta hammaga kunlik ish haqqini tarqata boshladi. Ko`nglimdan o`tqazardim: Hozir usta ``Ertadan kelmay qo`yaver!`` deydi. Endi ko`nikkanimda yana boshqa ish qidiramanmi? -deb. Lekan usta aytamdi. - Mayli yigitlar ertagacha! Ketishga shoshilmadim. Atayin sekin kiyim alishtirdim. Poyteshamni tig`iga mato o`radim. Murod velasapedini minib qolganlar bilan chiqib ketdi. - Usta... - Ha. Sharof... - Boyagi yigitlar nima dedi? - O`zi senga kim bo`ladi? - Qaynog`am... Kelinizni akasi! Aybim yo`qligi uchun ustani ko`ziga tik qaradim. Usta yelka qisdi. - Senga tuhmat qildi. Men ishonmadim. Sen ishtiyoqni tushurma, bunaqa yaramaslar har qadamda uchraydi... ``Eee rabbim o`zing ming shukur!`` Ustani bu ishonchidan be nihoyat shodlanib ketdim. Deyarli ishdan ayrildim deb o`ylagandim. Yo`q, ohirgi 5 yilda haqiqat va yolg`onni farqlay bilib, meni ishdan olmagan yagona boshliq, shu kishi usta Muhammad aka bo`ldilar. Ustaga rahmat aydim-u, tezroq boshqa ishlarimni bitrishga shaylandi. Ayolim tayinlaganidek, avval kitob do`konidan ertak kitob, shirinliklar do`konidan to`rt va Murod aytgan choyxonachi yigitdan mehmolarga yetgulik, baliq oldimu uyga oshiqdim. Qaytayotganimda yo`l bo`yida Plaramadan chiqayverishdagi qari majnuntol tagida yana o`sh siyohrang BMW ga ko`zim tushdi. Meni atayin kutib turganini darrov tushundim. Yaqinlasharkanman